14 aprel, juma kuni Germaniya Iqtisodiyot vazirligi oylik hisobotida aytilişiça, 2023 yil birinçi çoragida Germaniya yalpi içki mahsuloti 0,1 foizga oşdi. Şu tariqa, Germaniya texnik turğunlik deb ataladigan vaziyatdan, ya’ni yalpi içki mahsulotning har çorakda ketma-ket ikki marta pasayişidan qoçişga muvaffaq böldi. 2022 yil oxirgi çoragida Germaniya iqtisodiyoti 0,2 foizga qisqardi. Texnik tanazzul iste’molning uzoq muddatli qisqarişi va işçi kuçiga bölgan talabning pasayişini anglatadi.
Iqtisodiyot vazirligi «yil boşida bozor şaroitlari nuqtayi nazaridan muvaffaqiyatli start» haqida gapirgandi. Qişning yumşoq ötgani va gaz omborlari tölaligi Germaniya va Yevropada gaz taqçilligining yöqligi hamda bu energiya narxining pasayişiga olib keldi. Idora mutaxassislari fikriga köra, energiya narxining eng yuqori çöqqisi allaqaçon bosib ötilgan.
Şu bilan birga, vazirlik nuqtayi nazaridan, iqtisodiy ösişga iste’mol bozorida dinamizm yöqligi, quriliş sektoridagi ahvolning yomonlaşuvi, ayrim moliya institutlaridagi muammolar va Rossiyaning Ukrainaga hujumi bilan boğliq geosiyosiy noaniqlik tösqinlik qilmoqda. Xalqaro valuta jamğarmasi sönggi prognozida Germaniya iqtisodiyotining 2023 yil oxirigaça 0,1 foizga tuşişini kutayotganini bildirdi.

















