Tahlilçilar fikriça, Tinç okeani flotini yuqori jangovar şay holatga keltiriş orqali Moskva Pekinga Rossiya Xitoyning Tinç okeanidagi xavfsizlik maqsadlarini qöllab-quvvatlaşi hamda Tinç okeani davlati sifatida harakat qila oladigan teng huquqli harbiy hamkor bölib qolişiga işora qilmoqda.
Bundan taşqari, Kreml 19-21 may kunlari Xirosimada bölib ötadigan G7 sammiti oldidan Yaponiyaning Ukrainani qöllab-quvvatlaşini töxtatiş uçun Tinç okeani flotini maşqlaridan foydalanişi mumkin, deydi ISW ekspertlari.
Şarhda ta’kidlanişiça, Rossiya Ğarbning Kiyevga köproq yordam berişiga yöl qöymaslik uçun «Ğarbga qarşi şunga öxşaş axborot operatsiyalari va namoyişkorona harakatlarni amalga oşiryapti», ammo Moskvaning harakatlari «heç qaçon haqiqiy keskinlaşuvdan xabar bermagan».
Şu bilan birga, Rossiya harbiy-dengiz flotining Tinç okeani flotida Yaponiyaga haqiqatan ham tahdid soladigan yoki Xitoyni Rossiya teng harbiy kuç ekanligiga işontirişga yaroqli pozitsiyani egallaş uçun kerakli darajada jangovar kuç yetişmayapti, deya xulosa qilgan tahlilçilar.


















