Özbekiston prezidenti Turkmaniston prezidentiga oğir judolikka uçragani – buvisi Ogulabat edjye Berdimuhamedova hayotdan köz yumgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Suhbatda Özbekiston-Turkmaniston strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş hamda oliy darajadagi kelişuvlarga muvofiq amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Yaqinda ötkazilgan Hukumatlararo komissiya yiğilişi, taşqi siyosiy idoralar, transport, madaniyat vazirliklari doirasidagi uçraşuvlar va boşqa tadbirlarning samarali natijalari ijobiy baholandi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari, eng avvalo, “Şovot-Toşovuz” çegaraoldi savdo sonasini taşkil etiş, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş, faol madaniy-gumanitar almaşinuvlarni davom ettirişga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari bölajak tadbirlar rejasini ham muhokama qilib, bir-birini yaqinlaşib kelayotgan Ramazon hayiti bilan qutladilar, ezgu tilaklar bildirdi.