Aslida bunday gap-sözlarda biror yangilik yöq — ölim jazosiga moratoriyni bekor qiliş avvalgi şov-şuvli qotilliklardan söng ham tilga olingan, biroq, odatda, Rossiyada bundan nariga ötilmaydi.
2021 yilning sentabrida Kuzbassning Kisilyovsk şaharçasida mahalliy turğun ikki nafar 10 yoşli qizaloqlarni bulğab, böğib öldirgaç, «Spravedlivaya Rossiya» deputati Mixail Yemelyanov pedofillar uçun ölim jazosini tiklaşga çaqirgan edi. 2022 yilning yanvarida uning partiyadoşi Sulton Hamzayev Kostromada 5 yoşli qizaloq öldirilgaç, xuddi şu taklif bilan çiqdi. Hamzayev nafaqat pedofillarni, şuningdek, reditsivistlar va qotillarni ham qatl qiliş kerakligini ta’kidlagan edi.
Bunday balandparvoz bayonotlar muayyan qonun loyihasi körinişida davom etmaydi, biroq ommaviy axborot vositalarida keng tarqaladi va şafqatsiz va rezonansli qotilliklar fonida ölim jazosini qaytarişni talab qila boşlagan jamoatçilik köz öngida deputatlarning nufuzini kötarib beradi. Çunki Kislyovskda qizaloqlar öldirilgaç, pedofillarga ölim jazosi beriş töğrisidagi petitsiyani aynan mahalliy aholining özi joylaştirgan.
Bu marta ölim jazosini qaytariş talabi bilan kimlar çiqiş qildi? Moratoriyni bekor qilişning azaliy tarafdori, RLDP rahbari Leonid Slutskiy. U Tatarskiy bilan vidolaşiş marosimining özidayoq Rossiya «Inson huquqlari töğrisidagi Konvensiya protokollariga ortiq boğlanmagani»ni aytib, moratoriyni bekor qilişga çorladi. Bir yil avval u Ukrainaning «Azov» bölinmasidan asirga tuşgan jangçilar uçun ölim jazosi belgilanişini talab qilgan edi.
Tatarskiy öldirilgaç, Rossiyaga ölim jazosini qaytarişni «Spravedlivaya Rossiya — Za pravdu» partiyasi rahbari Sergey Mironov ham talab qilib qoldi. U şunday taklif bilan RF Konstitutsiyaviy sudi raisi Valeriy Zorkinga murojaat qilib, taklifini, jumladan, «geosiyosiy vaziyat», «kollektiv ğarb xatti-harakatlari» hamda aftidan, Sankt-Peterburgda sodir etilgan va Tatarksiy öldirilgan portlaşni nazarda tutib, Rossiyada sodir etilayotgan terrorçilik aktlari bilan ham dalillantirdi.
Mironov şu yilning martida «uruş tarğibotçisi» öldirilişidan ikki hafta avval ham ölim jazosini tiklaşga çaqirgan, öşanda deputat pedofillar, terrorçilar va ularga yordam beruvçi şaxslarga nisbatan moratoriyni bekor qilişni taklif qilgan edi.
Rossiya Yevropa inson huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi konvensiyasining ölim jazosini bekor qiliş haqidagi protokolini 1997 yilda imzolagan. Ikki yil ötgaç, Rossiya Konstitutsiyaviy sudi ölim hukmlarini ijro etişga moratoriy joriy qilgan. Öşanda Federatsiya Kengaşi spikeri bölgan Mironov özini «ölim jazosiga prinsipial qarşi odam» deb atagandi.

















