08:03 / 15.04.2023
7904

Rossiyaning Slovyanskka raketa zarbalari qurbonlari soni ortdi

Qutqaruvchilar Donetsk viloyati Slovyansk shahrida raketa zarbasi berilgan uy vayronalari ostidan halok bo‘lgan ayolni olib chiqdi. 

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati

Yana to‘rt kishini qidirish davom etmoqda, dedi Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining Donetsk viloyatidagi vakili Veronika Baxal. 

Shunday qilib, Rossiya Qurolli kuchlari raketa zarbalari qurbonlarining umumiy soni to‘qqiz nafarga yetdi, deb yozadi "RBK-Ukraina" agentligi. 

Donetsk viloyati davlat ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko telemarafon efirida ma’lum qilishicha, soat 21:00 holatiga ko‘ra (Moskva vaqtiga to‘g‘ri keladi) raketa zarbalari paytida 21 kishi jarohatlangan. 

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 34 ta ko‘p qavatli uy, 20 ta xususiy uy, fuqarolik infratuzilmasi obektlari vayron bo‘lgan, 12 ta avtomobil zarar ko‘rgan.

Mavzuga oid
Top