Dastlab davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovga oğir judolik - onasi Ogulabat edjye Berdimuhamedova olamdan ötgani munosabati bilan çuqur hamdardlik va taskin-tasalli sözlarini izhor etdi, unga va barça yaqinlariga sabr-toqat va bardoş tiladi.
Suhbatda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Oliy darajadagi kelişuvlar ijrosining borişi muhokama qilindi. Yil boşidan buyon ötgan ikki tomonlama muloqotlar – Hukumatlararo komissiya yiğilişi, siyosiy maslahatlaşuvlar, transport va madaniyat vazirlarining uçraşuvlari, diplomatik munosabatlar örnatilgani 30 yilligi munosabati bilan ötkazilgan boşqa tadbirlarning samarali natijalari qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy, energetika va suv xöjaligi sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bundan taşqari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlari körib çiqildi. Özbekiston-Turkmaniston strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş böyiça faol almaşinuvlarni davom ettirişga kelişib olindi.
Telefon muloqoti yakunida yetakçilar bir-birini va qardoş mamlakatlar xalqlarini yaqinlaşib kelayotgan Ramazon hayiti bilan dildan qutladi.












