Şvetsiyaning Gyoteburg şahrida Rossiya fuqarosi sanoat josusligida gumonlanib qölga olindi. Bu haqda 14 aprel, juma kuni Şvetsiyaning TV4 telekanali xabar berdi.
Qölga oliş payşanba kuni rossiyalik ayol işlagan Preem neftni qayta işlaş zavodida amalga oşirildi. Telekanal ma’lumotlariga köra, iş böyiça tintuv ötkazilgan va bir neça kişi söroq qilingan — aniqroq tafsilotlar yöq. Telekanal manbalarining ta’kidlaşiça, qölga oliş sanoat josusligidagi gumonlar böyiça amalga oşirilgan.
Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişidan keyin Finlandiya, Şvetsiya va Norvegiyada rus razvedkasiga qarşi kuraş kuçaydi. Yanvar oyida Şvetsiya sudi ikki aka-ukani Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topdi. Ulardan biriga umrbod, ikkinçisiga 9 yil-u 10 oy qamoq jazosi tayinlandi.
Norvegiya Taşqi işlar vazirligi 13 aprel kuni Rossiya elçixonasining «diplomatik maqomga töğri kelmaydigan faoliyat» bilan şuğullangan 15 nafar xodimini mamlakatdan çiqarib yuborayotganini ma’lum qildi. Finlandiya 4 aprelda NATOga qöşildi. NATOga kiriş tartibi Şvetsiya tomonidan ham davom ettirilmoqda.

















