Tezkor harakat kuçlari jangçilari Xartumdagi prezident saroyi va aeroport egallab olingani haqida xabar berişdi. Avvalroq RSF armiyani bazani oğir qurollardan öqqa tutganlikda ayblagan edi.
Sudanda 15 aprel, şanba kuni mamlakatdagi hukmron xunta va tezkor harakat kuçlari (RSF) örtasida janglar boşlandi. RSF vakillari prezident saroyi - general Abdul Fattoh al-Burhon qarorgohi va poytaxt Xartumdagi xalqaro aeroportning egallab olingani haqida xabar berişdi. Bu ma’lumot hali mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
Avvalroq RSF armiya öz bazalaridan birini qurşab olgani va uni oğir qurollardan öqqa tutgani haqida xabar bergan edi. Xorijiy muxbirlarga köra, Xartum köçalarida qurol aravalari va zirhli texnikalar harakatlanmoqda. Guvohlarning xabar berişiça, Xartum va qöşni şaharlarda otişma sodir bölgan.
Bir neça ön yil davomida mamlakatni boşqargan Umar al-Başir 2019 yilda çuqur iqtisodiy inqirozga uçragan Sudandagi ommaviy norozilik namoyişlari fonida hokimiyatdan ağdarilgan edi. Muntazam armiya va RSF öşanda xalq qözğolonlarini birgalikda qöllab-quvvatladi.
Al-Başir ağdarilganidan söng harbiylar va fuqarolik guruhlari ötiş davri hukumatini tuzişga kelişib oldilar, biroq 2021 yil oktyabr oyida Sudanda davlat töntarişi kuzatildi, natijada mamlakatdagi hokimiyat butunlay general al-Burhon qöliga ötdi. RSF rahbari Muhammad Hamdan Dagalo yaqinda Sudanni demokratiyaga olib borişga va’da bergan harakatga rahbarlik qila boşladi.

















