15 aprel, şanba kuni mamlakat ğarbidagi Vakayama şahrida Yaponiya boş vaziri Fumio Kişidaning nutq sözlaş joyi yaqinida kuçli portlaş sodir böldi. Yaponiya matbuoti xabarlariga köra, Kişida nutqidan oldin noma’lum şaxs tutunli bomba yoki maş’alga öxşagan buyumni uloqtirgan, keyin esa portlaş sodir bölgan.

Hodisa vaqtida hukumat rahbari parlament quyi palatasiga qöşimça saylovda hukmron Liberal-demokratik partiyadan nomzod bilan suhbatlaşayotgan edi. Kişida evakuatsiya qilingan va Vakayama politsiya bölimiga olib ketilgan, u xavf ostida emas. Buyumni uloqtirganidan keyin hujumçi portlaş sodir bölişidan oldin xavfsizlik xodimlari tomonidan qölga olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan. Kişida bilan tadbirga bir neça yuz kişi yiğildi. Hodisadan biroz vaqt ötgaç, Fumio Kişida rejalaştirilgan nutq sözlaş uçun politsiya bölimini tark etdi. U portlaş oqibatida yuzaga kelgan bezovtalik uçun mahalliy aholidan uzr söradi. «Bölgan voqea sizni juda köp taşviş va noqulayliklarga olib keldi, sizdan keçirim sörayman», — deya boş vazirning sözlaridan iqtibos keltirgan Kyodo agentligi.