Bugungi kunda xotin-qizlar fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyatda maşğul bölgan xodimlarning 70 foizga yaqinini taşkil etadi. Ammo boşqa sohalarda körsatkiçlar ança yomon. Sababi köplab sohalarda xotin-qizlarni kamsitiş holatlari uçrab turadi. Ayniqsa, bunday holatlar homilador va bolasi bor ayollarga nisbatan köp uçraydi.

Şuningdek, iş beruvçilarning aksariyati tanlovda ayollardan köra, erkaklarga köproq ustunlik beradi. Buning sabablari oddiy — ayollar farzand parvarişi tufayli işga keçroq kelişi, işdan vaqtliroq ketişi, homiladorlik ta’tiliga çiqişi ayrim rahbarlarga ma’qul kelmaydi.

Şu sababli yangilanayotgan Konstitutsiyaga homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni işga qabul qilişni rad etişni taqiqlaş böyiça norma kiritilmoqda. Bu esa xotin-qizlarning kamsitilişiga yöl qöymaslik uçun muhim qadam böladi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 42-moddasida homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni işga qabul qilişni rad etiş, işdan böşatiş va ularning iş haqini kamaytiriş taqiqlanişi belgilab qöyildi. Bu kabi norma amaldagi Konstitutsiyada yöq edi.