Ukrainada uruşning 416-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar
- Rossiya qöşini 14 aprel kuni Donetsk oblastining Slovyansk şahridagi aholi yaşaş kvartallariga yöllagan zarbalar oqibatida halok bölganlar soni 11 kişiga yetdi, yana 23 kişi yaralangan. Qurbonlar va jabrlanganlar orasida bolalar ham bor.
- Ukrain harbiylari Kursk oblastining çegaradoş hududlarini öqqa tutgan. Ikki qişloqda tok uzilgan.
- Volodimir Zelenskiy Igor Akinfeyev, Ilya Averbux, Svetlana Xorkina va RFdan bölgan boşqa sobiq va hozirgi önlab sportçilarga sanksiya qölladi. Şuningdek, mudofaa vazirining qizi Kseniya Şoygu ham sanksiyaga uçragan — u Rossiya triatlon Federatsiyasiga rahbarlik qiladi.
- Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbari örinbosari Sergey Kiriyenko Mariupolga keldi.
- Polşa 30 iyunga qadar Ukrainadan buğdoy va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlari importini taqiqladi.
Slovyansk öqqa tutilişi oqibatlari
Rossiya qöşini 14 aprel kuni Donetsk oblastidagi Slovyansk şahriga yettita raketa uçirdi, natijada beşta köp qavatli uy va beşta xususiy uy, şuningdek, dökon, xöjalik markazi, klub va uçta avtomobil şikastlangan. Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining sönggi ma’lumotlariga köra, zarbalar oqibatida tinç aholi vakillaridan 11 kişi halok bölib, 23 kişi tan jarohati olgan. Xarobalar ostida yana odamlar bölişi mumkin. Rossiya tomoni Slovyansk öqqa tutilişi yuzasidan izoh bermagan.
Rossiya hukumati Ukrainada «faqat harbiy obektlar»ga zarba berişini aytib kelardi.
Quyida Slovyanskdagi turar joylar öqqa tutilişi oqibatlari aks etgan suratlar.

Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA






































