Rossiya hukumati qurollaniş va mamlakatni taşqi olamdan yopiş uçun yangi qadamni taşladi — Davlat dumasi xufiyona tayyorlangan qonun loyihasini tezlaştirilgan tartibda qabul qildi. Qonun armiyadagi xizmat va safarbarlikdan qutulib qolişni amalda imkonsiz qiladi.

Harbiy komissariatlarga çaqiruv qoğozlari endi elektron körinişda ham tarqatiladi, çaqirilgan insonga darhol çet elga çiqiş taqiqlanadi, xizmatdan böyin tovlaganlar esa mol-mulkka ega böliş huquqidan qisiladi. Yangi qoidalar çaqiruv qoğozini olganlargagina emas, Rossiya iqtisodiyoti uçun ham yoqimsiz oqibatlar keltirib çiqarişi mumkin.

Nima bölyapti?

Rossiyada qisman harbiy safarbarlik (uni yakunlaş töğrisidagi farmonni Vladimir Putin hanuz imzolamagan va aftidan imzolamoqçi ham emas) e’lon qilinganidan yarim yil ötib, Rossiya hukumati xizmatdan böyin tovlovçilar bilan jiddiyroq şuğullaniş uçun pişib yetildi. «Harbiy majburiyat töğrisida»gi qonunga tuzatişlar kiritiş paketi töliq maxfiylik şaroitida işlab çiqildi, bu tuzatişlar borligi e’lon qilinişi va ularning parlamentda uç öqişda qabul qilinişi uçun bir sutkadan kam vaqt ketdi. Ertasi kuni Senat — Federatsiya kengaşi uni tasdiqladi, juma kuni keçqurun uning ostiga Vladimir Putin öz imzosini qöydi.

Qonun loyihasining boş muallifi mudofaa vazirining sobiq örinbosari, ayni damda Davlat dumasining mudofaa işlari böyiça qömitasi raisi Andrey Kartapolovdir. Qonun loyihasini aslida kim yozgani va uni Kreml bilan qanday kelişişgani haqida tafsilotlar ma’lum emas. Demografiya va mehnat bozori uçun mas’ul bölgan hukumat uçun ham bu tuzatişlar syurpriz bölgan, deb yozadi The Bell. «Bu masalada yiğiliş bölgani yöq, emigratsiyaning ehtimolli uçinçi tölqini oqibatlarini heç kim hisobga olmagan», — degan naşrga hukumatda işlovçi manbalardan biri.