Institut rossiyalik harbiy blogerlarning «Vagner» XHK T-90 tanklaridan foydalanayotgani haqidagi xabarlariga işora qiladi, bundan Rossiya rahbariyati ularni yanada zamonaviy vositalar bilan ta’minlagan, degan xulosa çiqariş mumkin.
Bundan taşqari, ISW ekspertlarining fikriga köra, Mixail Teplinskiyning Rossiya havo-desant qöşinlari qömondoni etib qayta tayinlangani buni tasdiqlaydi.
Institutning ta’kidlaşiça, Baxmut hududida 106-havo-desant diviziyasining bölinmalari jalb etilgan. Tahlilçilarga köra, Rossiya harbiy qömondonligi Ukrainadagi hujum operatsiyalari uçun mas’uliyatni havo-desant qöşinlari zimmasiga yuklamoqda.
Biroq, Teplinskiy Ukrainadagi katta yöqotişlar tufayli havo-desant kuçlarining avvalgi maqomini elita bölinmasi sifatida tiklay olişi dargumon, deyiladi şarhda.


















