Özingda bor narsalarning, ayniqsa, oilaning qadriga yetmaslik yakunda tuzatib bölmas xatolarni keltirib çiqaradi. “Hayotiy hikoyalar”ning bu galgi qahramoni ham vaqtida turmuş örtoğining, oilasining qadriga yetmaganlardan. Noşukurlik ortidan öz baxtini özi barbod qilib, boşi devorga tekkanda közi oçilgan ayol. Quyida uning hikoyasini tinglaymiz.

“Öşa vaqtlarda özimni ança baxtsiz his etardim. Lekin endi öylab qarasam, mendan baxtli odam bölmagan ekan. Toğdek suyançiğim – erim, bağrimni töldirgan uç öğlim bor edi”, deya entikib qöydi ayol.

“Töqqiz farzandning kattasiga kelin bölganman. Qaynonam meni yaxşi körib kelin qilgan. Ularning yaxşi muomalasi, soddaligi onamga ham yoqib qolgan. Men esa usta yigitga turmuşga çiqişni istamasdim. Ha, kuyov bölmiş usta edi.

Özimning çiroyimga oşiq bölib, faqatgina şahzodalarga munosibman, deb öylardim. Qarşiligimga qaramay töy böldi. Lekin erimni heç sevolmadim. Yaxşi gaplari ham, erkalatmoqçi bölişi ham yoqmasdi. Jyerkib taşlardim. Erim esa buni nozga yöyib, könglimni olişga köproq harakat qilardi.

Birinçi kelin bölganim uçun qaynota-qaynonam meni avaylaşardi. Ovqatlarim öxşamasa ham qaynotam “Dasturxonga keltirilgan ovqat zirillab turadi, meni heç kim yomonlamasmikan, deb. Heçqisi yöq, bir kun unday, bir kun bunday”, deb yeyaverardi.

Ulardan qörqibmi, heç kim ovqatdan yuzini burmasdi. Qaynsingillarim ortimdan qolmas, uy supursam pollarini artar, hovli supursam suv sepib berişardi. Lekin men öşanda bularni tabiiy qabul qilardim. Qiladi-da, şu uyda yaşaganidan keyin, deb öylardim.

Şukur, yaxşi odamlarga kelin bölibman, degan öy xayolimga ham kelmasdi. Birinçi öğlimni dunyoga keltirganimdan söng erimni umuman yomon körib qoldim. Uni özimga yaqinlaştiriş u yoqda tursin, yuziga qaragim kelmasdi. 

Erimga e’tibor bermay qöyganim sari menga köproq e’tibor berar, özingni tiklab ol, hammasi yaxşi bölib ketadi, derdi.

Işdan kelganidan söng kitob öqiydigan odati bor edi. Hatto şu ham asabimga tegardi. Özing-ku bir usta bölsang, kitob öqiganingga ölaymi, derdim içimda.

Vaqt ötgani sari erim mehr, e’tibor körsatişdan çarçadi. Içib keladigan odat çiqardi. Birinçi marta içib kelgan kuni mening aybim nima, mendan nima istaysan, deb janjal qildi. Javobimni bering, ketaman dedim. Bor katta köça, ketsang ketaver, degan javobni oldim.

Qaynonam hayhaylab örtaga tuşdi. Lekin meni olib qololmadi. Onamnikida bir hafta ötirdim. Rostini aytsam qiynalib ketdim. Bir tomondan onamning şunday odamlarni bilmasang közing kör böladi, deya nasihat qilaverişi, yana bir tomondan bolamning injiq bölib qolgani ezib yubordi.