Germaniyada Rossiya fuqarolaridan boşpana masalasida yöllangan murojaatlar soni keskin oşdi. Joriy yilning dastlabki uç oyida rossiyaliklar tomonidan 2381 ta dastlabki ariza topşirilgan bölsa, ötgan yil davomida bu körsatkiç 2851 tani taşkil etgan, deb xabar berdi Table.Media axborot xizmati 18 aprel, seşanba kuni Qoçqinlar va migratsiya böyiça federal idora ma’lumotlariga tayanib.
Şu bilan birga, Rossiyadan boşpana izlovçilar orasida erkaklar uluşi ortdi: 2022 yilda ular 59 foizni, 2023 yil yanvar-mart oylarida esa 64 foizni taşkil etdi. Idora xodimlari bu ösişni ötgan yil sentabr oyida Ukrainaga davom etayotgan bosqin munosabati bilan Rossiyada e’lon qilingan safarbarlik bilan boğladi. Bundan taşqari, federal idora 19-30 yoşdagi rossiyaliklarning arizalari soni sezilarli darajada oşganini qayd etdi.
2022 yil uçun Germaniyadan boşpana söraş böyiça dastlabki arizalar soni umumiy statistikasida rossiyaliklar Suriya, Afğoniston, Turkiya, Eron, Iroq va Gruziya fuqarolaridan keyin yettinçi örinda turadi.
Qoçqinlar va migratsiya böyiça federal idora vakilining Table.Media naşriga ta’kidlaşiça, rossiyalik dezertirlar ham Germaniyadan boşpana söraşi mumkin. «Qoidaga köra, ular xalqaro himoyaga ega», dedi u. Şu bilan birga, harbiy xizmatdan boş tortgan Rossiya fuqarolaridan Germaniyada boşpana oliş uçun qança ariza berilgani hali hisoblab çiqilmadi.

















