Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi tufayli Şimoliy Atlantika alyansi mudofaa konsepsiyasini özgartirişga qaror qildi – endi NATO hujumning birinçi kunidanoq öz yerlarining «har bir qariçini» himoya qilişga hozirlik körmoqda, deb yozdi The New York Times.
Gazetaning ta’kidlaşiça, avval NATO strategiyasi ehtimoliy raqibni tiyib turiş, qasos oliş bilan tahdid qiliş edi: alyans ittifoqçi kuçlar yordamga kelguniga qadar a’zo davlatlar hududlari bosib olinişi mumkin, deb hisoblagan.
Endi NATO «taqiqlaş orqali tiyib turiş» strategiyasiga ötmoqda. Amalda, bu, boşqa narsalar qatori, ittifoqning şarqiy çegarasida qöşinlar sonining köpayişini anglatadi.
Gazetaning yozişiça, alyans öz harbiy iştirokini köproq namoyişkorona qilişni ham rejalaştirmoqda. NATO boş kotibining sobiq yordamçisi Kamil Grand sözlariga köra, alyans endi Rossiya çegarasida qöşinlarning haddan taşqari köp töplanganidan Moskvani xavotirga solmaslikni muhokama qilmayapti – endi ular ehtimoliy hujumni qaytariş uçun u yerga qança qöşin joylaştiriş kerakligini muhokama qilmoqda.
Yangi strategiya doirasida NATO kuçlari Yevropadagi AQŞ kuçlariga qömondonlik qilayotgan amerikalik general Kristofer Kavoli nazoratiga ötadi. Aynan unga AQŞ va ittifoqçilarning harbiy rejalarini birlaştiriş vazifasi yuklangan. Endi alyansga a’zo davlatlar Sovuq uruşdan keyin birinçi marta uruş sodir bölgan taqdirda NATO aniq nima qilişini va özlari nima qilişi kerakligini bilib oladi.
NATO mudofaa konsepsiyasini qayta körib çiqişni birinçi bölib Boltiqböyi mamlakatlari talab qilişdi, çunki bu konsepsiya uşbu mamlakatlar hududini 180 kundan keyin ozod qiliş şarti bilan bosib olinişiga imkon bergan. Xususan, Estoniya boş vaziri Kaya Kallasning aytişiça, rus qöşinlari tomonidan şunday uzoq vaqt davomida hududning bosib olinişi Boltiqböyi davlatlaridan istalganining butunlay yöq qilinişiga olib kelişi mumkin.
Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles ham ittifoq strategiyasini xuddi şunday baholadi. Boşqa narsalar qatorida, u NATO hujum sodir bölgan taqdirda Estoniyaga tanklarni yuboriş uçun 60 kun yetarli bölmasligini aytdi, çunki bu vaqtga qadar «Estoniya yöq bölib ketadi».












