Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotladi.

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni

  • Uktam Aripov — O‘zbekiston fan arbobi, akademik, jarroh olim;
  • Vali G‘afurov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib;
  • To‘xtasin Jalolov — Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim, tarjimon;
  • Vasil Kabulov — O‘zbekiston fan arbobi, akademik, kibernetik olim;
  • Begali Qosimov — O‘zbekiston fan arbobi, jadidshunos olim;
  • Quddus Muxamedov (Quddus Muhammadiy) — O‘zbekiston xalq shoiri;
  • Tursunali Parfiyev (Rauf Parfi) — O‘zbekiston xalq shoiri;
  • Murod Rajapov — O‘zbekiston xalq artisti, aktyor;
  • Alibek Rustamov (Alibek Rustamiy) — Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim;
  • To‘ra Sulaymonov (To‘ra Sulaymon) — O‘zbekiston xalq shoiri;
  • Mamirjon Tuxtasinov — O‘zbekiston xalq artisti, xonanda;
  • Muhriddin Xoliqov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda;
  • Ibragim Xamraboyev — O‘zbekiston fan arbobi, akademik, geolog olim;
  • Muhammadjon Yusupov (Muhammad Yusuf) — O‘zbekiston xalq shoiri.

«Mehnat shuhrati» ordeni 

  • Viloyat Akilova — O‘zbekiston xalq artisti, baletmeyster;
  • Rimma Axmedova — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktyori va dublyaj ustasi;
  • Ismoil Vaxobov — O‘zbekiston xalq hofizi;
  • Oxunjon Madaliyev — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda;
  • Anarkul Nazarov (Anor Nazarov) — O‘zbekiston san’at arbobi, kompozitor;
  • Anvarjon Obitjonov (Anvar Obidjon) — O‘zbekiston xalq shoiri.

«Do‘stlik» ordeni

  • Bahodir Yo‘ldoshev — «Diydor» teatr-studiyasi badiiy rahbari.