Ruminiyadagi hukmron Sotsial-demokratik partiya (PSD) koalitsion hukumatdan Ukraina ğallasi importini vaqtinça taqiqlovçi farmonni tasdiqlaşni söraşini bildirdi. 

Avvalroq bunday qaror Polşa, Vengriya va Slovakiya rasmiylari tomonidan qabul qilingan edi. 

«Şu bilan birga, Ruminiya qişloq xöjaligi mahsulotlarining Yevropa Ittifoqi boşqa mamlakatlariga yoki Qora dengiz savdo yöllariga tranzitini osonlaştiriş orqali Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişi kerak», deyiladi Ruminiya qişloq xöjaligi vaziri Petre Daya a’zosi bölgan partiya bayonotida.

Keça, 17 aprel kuni Slovakiya Ukrainadan ğalla va boşqa mahsulotlar importini vaqtinça töxtatişi ma’lum bölgandi. Avvalroq xuddi şunday qadamlar Polşa va Vengriya rasmiylari tomonidan ham qilingan edi.

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning savdo sohasidagi bir tomonlama harakatlari qabul qilinişi mumkin emas. Bu haqda 16 aprel kuni Yevrokomissiya vakili ma’lum qildi. Uning bayonoti Polşa va Vengriya mahalliy qişloq xöjaligi tarmoqlarini himoya qiliş uçun Ukrainadan ğalla va boşqa oziq-ovqat importini taqiqlaşini e’lon qilganidan keyin e’lon qilindi.

Polşa hukumati Ukraina ğallasi va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarini import qilişni taqiqladi, dedi hukmron «Qonun va adolat» partiyasi rahbari Yaroslav Kaçinskiy 15 aprel kuni.

Uning sözlariga köra, bu harakat Ukrainadan arzonroq mahsulotlar kirib kelişi sababli inqiroz tahdidi ostida qolgan Polşa qişloq xöjaligi sektorini himoya qiliş uçun zarur.