Kun.uz qişloq xöjaligi tarmoqlarida mavjud muammolarni yoritişda davom etadi. Navbatdagi suhbatimiz – gazdan töliq uzilişi kutilayotgan issiqxonalar haqida. Suhbatdoşlarimiz – Meva-sabzavotçilar milliy assotsiatsiyasi rahbari Abdurahim Abduvaliyev va “Dormon Nihol Agro” korxonasi hammuassisi Ahrorjon Asqarov.

Şokir Şaripov, jurnalist: Köpçiligimizni qiynayotgan va qiziqtirayotgan savol: Pomidor, bodring, bulğor qalampiri nega qimmat bölib ketdi?

Abdurahim Abduvaliyev, Meva-sabzavotçilar milliy assotsiatsiyasi rahbari: Birinçi sabab bu – juda köp issiqxonalar sovuqdan çiqa olmadi, katta yöqotişlar böldi. Şuning hisobiga narxlar kötarildi. Boşqa sabablar ham bor, misol uçun issiqxonalarni quriş jarayonida köplab texnik hisob-kitoblar notöğri bölgan. Lekin eng katta sabablardan biri – yoqilği masalasi katta muammo böldi, issiqxonalarda gaz bosimi tuşib ketişi hisobiga. Zamonaviy qozonlar bir xil bosimda işlaydi.

Şokir Şaripov: Keling, masalani ikkiga bölamiz: biz ta’sir qilolmaydigan va ta’sir qilinişi mumkin bölgan jihatlarga. Anomal sovuqqa biz ta’sir qilolmaymiz.

Abdurahim Abduvaliyev: Köp narsani anomal sovuqqa tönkab qöyyapmiz. Anomal sovuq bu, masalan, bugun quyoş çiqib issiq bölib turibdi, ammo ertalab tursangiz, 1,5 metr qor yoğgan – bu anomal sovuq. Lekin sovuq bölişi bizga eng kami bir oy oldin e’lon qilindi. Vaqt bor edi tayyorgarlik köriş uçun.

Şokir Şaripov: Nega tayyorgarlik köra olmadik?

Abdurahim Abduvaliyev: Sovuqqa tayyor emas edik. Xususan, texnik bilimimiz yetmadi. Taşqarida taxminan -10, -15 gradus bölsa qança kömir yoqişni bilamiz, lekin -25 darajaga kelganda... Bu yerda umuman boşqa hisob-kitoblar kerak.

Şokir Şaripov: Umuman, issiqxonaçilik sohasi Özbekistonda qanaqa muammolarga duç kelyapti?

Abdurahim Abduvaliyev: Jarayonni boşidan olib qaraydigan bölsak, oxirgi olti yil içida zamonaviy issiqxonalar kirib keldi. Avval oddiy parniklardan foydalanib kelganmiz. Hozir tizimi boşqaça. Boşlanişida issiqxonaçilar katta miqdorda kreditlar oldi. 2016-2017 yillarda kreditlar olingan, keyinçalik dollar kursi özgarişi hisobiga qarzdorlik köpayib ketdi. Ikkinçidan, issiqxonalar juda tartibsiz qurildi. Özbekiston öz iqlimiga qarab zonalarga bölinadi. Bunga e’tibor berilmadi. Hammasini bir xil qilib qurdik.