Jahon banki va xalqaro valuta jamğarmasi tomonidan har yili ötkaziladigan “Spring Meetings” – “Bahorgi uçraşuvlari” ötgan hafta (10–16 aprel) yakunlandi. (Bahorda “Bahorgi uçraşuvlar”, kuzda esa “Kuzgi uçraşuvlar” – “Autumn Meetings” bölib ötadi.)
Vaşingtonda bölib ötgan panel uçraşuvlarida davlatlarning moliya vazirlari, markaziy bank rahbariyatlari bank sektoridagi bosim va barqaror inflatsiya, [davlat] qarzlarining oşişi, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi va iqlim özgarişi xavfi ortib borayotgani, dunyodagi qaşşoqlik va unga yeçimlar masalasini muhokama qildi.
Jahon banki va XVJning bir hafta davom etadigan bahorgi uçraşuvi global iqtisodiyot holatini muhokama qiliş uçun moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlarini birlaştiradigan katta tadbirdir.
2008 yilgi global krizisga qadar bu uçraşuv faqat “Katta yettilik” (Great-7) davlatlari iştirokida ötgan bölsa, krizisdan keyin “Katta yigirmalik”ka (Great-20) kiruvçi davlatlar moliya vazirlarini jalb qildi. Bahorgi uçraşuv, şuningdek, G-24 guruhiga kiruvçi rivojlanayotgan mamlakatlar moliya vazirlarining uçraşuvlarini ham öz içiga oladi.
Rivojlanayotgan davlatlar qarzi
Rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz sönggi 50 yil içida eng yuqori darajaga kötarildi. Yiğilişlarda qarzning barqarorligi masalasi ham diqqat markazidan uzoqda bölmadi. Jahon suveren qarz davra suhbatida asosiy e’tibor qarzni qayta rejalaştiriş jarayonini tezlaştiriş va uni yanada samaraliroq qiliş yöllariga qaratildi. Davra suhbatida makroiqtisodiy prognozlar va qarz barqarorligini baholaş böyiça axborot almaşişni yaxşilaş zarurligi töğrisida kelişib olindi.
Rivojlanayotgan davlatlar yirik kreditorlar örtasidagi kambağal mamlakatlarning milliardlab dollarlik qarzlarini qanday qayta rejalaştiriş böyiça bahsni hal qilişni talab qilişdi. Muhokamalar XVF, Xitoy, banklar va obligatsiya xaridorlari kabi kreditorlar örtasidagi qiyin vaziyatdan çiqişga qaratildi.
Global ösiş sekinlaşişi va foiz stavkalari kötarilişi köproq mamlakatlarni qarz inqiroziga olib kelar ekan, inqirozni bartaraf etiş harakatlari hozirça yetarli emas. Bahorgi yiğilişlar tadbirida qarzning şaffofligini oşiriş va tezroq kelişuvlarni amalga oşiriş dolzarbligi, mamlakatlarga qarzni samaraliroq boşqarişga yordam beradigan islohotlar zarurligi kabi masalalar körib çiqildi.
Ukrainani tiklaş uçun 400 mlrd dollar kerak

















