Uruşni örganiş böyiça Amerika instituti (ISW) ekspertlari fikriça, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kreml tomonidan taşkillaştirilgan Luhansk va Xerson viloyatlaridagi ikki rus harbiy guruhi ştabiga taşrifi bir neçta maqsadlarni közlagan.
19 aprel, çorşanba kuni e’lon qilingan uruş haqidagi sönggi şarhda ISW tahlilçilari Putin Ukrainaning rejalaştirilgan qarşi hujumini kutgan holda özini «uruş davridagi yetakçi» sifatida körsatişda davom etyapti, degan fikrda.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlaşiça, taşrif Pasxadan keyingi kun, 17 aprel kuni bölib ötgan. Şu bilan birga, e’lon qilingan videolardan birida Putinning Pasxa yaqinlaşayotganini aytgani eşitiladi, bu safar ertaroq sanada amalga oşirilgan bölişi mumkinligini körsatadi, deyiladi ISW hisobotida.
Institut ekspertlari Kreml Putin taşrifi haqidagi ma’lumotni yangiliklar maydonida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning front çiziğida joylaşgan Avdiyivkaga safari haqidagi xabarlarga soya soliş uçun ataylab e’lon qilgan bölişi mumkinligini istisno qilmayapti.
ISW rossiyalik harbiy blogerlarning Rossiya prezidenti Ukrainanikidan farqli ravişda jangovar hududlarda körinmaydi, degan tanqidiga e’tibor qaratgan. Şu bilan birga, geolokatsion kadrlar Putinning Xerson viloyati janubi-ğarbiy qismida, front çiziğidan kamida 130 km uzoqlikda joylaşgan Arbat Strelkaga taşrif buyurganini körsatadi, deyiladi şarhda.
«Putin taşrifi, ehtimol, Ukrainaning rejalaştirilgan qarşi hujumi oldidan potensial aybdor şaxslarni ham omma oldida aniqlaşga qaratilgan», - deydi ISW’dagi tahlilçilar. Ularning ta’kidlaşiça, havo-desant kuçlari qömondoni Mixail Teplinskiy, «Dnepr» qöşinlari guruhi qömondoni Oleg Makareviç, şuningdek, general-polkovnik Aleksandr Lapin va Xerson hamda Luhansk viloyatidagi nomlari oşkor etilmagan boşqa harbiy rahbarlar Rossiya prezidentiga hisobot bergan.
«Ehtimol, Putin ataylab Teplinskiy va Makareviçni Ukraina janubiga, Lapinni esa Luhansk yönalişiga mas’ul qömondon sifatida ajratib körsatgan bölişi mumkin», deb yozadi ISW.


















