Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko Minskda Rossiya tomonidan tayinlangan «DXRning muvaqqat rahbari» Denis Puşilinni qabul qilganidan söng, Ukraina 18 aprel, seşanba kuni özining Belarusdagi elçisi Igor Kizimni maslahatlaşuvlar uçun Kiyevga çaqirib olişini ma’lum qildi.
Ukraina Taşqi işlar vazirligi bayonotida Lukaşenko va Puşilin örtasidagi uçraşuv «Donetskdagi Rossiya okkupatsion ma’muriyati vakilini qonuniylaştirişga (...) uriniş» deb ataldi. «Oğir jinoyatlar sodir etgani uçun Ukraina tergovidan yaşirinib yurgan, Ukraina va xalqaro sanksiyalar ostida bölgan Rossiya okkupatsion ma’muriyati vakili bilan uçraşuvni Belarus Respublikasining tajovuzkorni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan navbatdagi oçiq-oydin nodöstona harakati, deb hisoblaymiz», - deya bayonot berdi Ukraina vazirligi.
Şu bilan birga, Kiyev Minskni «bunday buzğunçi qadamlardan tiyilişga va Rossiyaning Ukrainaga qarşi agressiv uruşini qöllab-quvvatlaşni töxtatişga» çaqirdi.
«DXR rahbari vazifasini bajaruvçi» Denis Puşilin 18 aprel kuni Minskda Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşdi. Lukaşenko matbuot xizmatining xabar berişiça, bu uçraşuvda u Puşilindan Belarus Donetskka qanday yordam bera olişini söragan.


















