Qozoğistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning rafiqasi Sora Nazarboyeva uning familiyasidan voz keçdi, deb yozdi Arbat Media.
Nursulton Nazarboyev va Sora Nazarboyevaning ajraşgani haqida rasmiy xabar berilmadi, Nursulton Nazarboyev jamğarmasi va birinçi prezident rasmiy saytida Sora Alpisovna hanuzgaça uning rafiqasi ekani haqida ma’lumot bor.
Biznes reyestrlarga köra, mamlakatning sobiq birinçi xonimi «Nazarbayeva Sara Alpisovna» nomi bilan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötgan. Ammo uning rahbari Sora Alpisqizi Qonaqay sanaladi, bu uning 1962 yilda Nursulton Nazarboyev bilan turmuş qurişdan oldingi qizlik familiyasi.
Qayd etilişiça, Nazarboyevning rafiqasi 2005-2012 yillar oraliğida familiyasini özgartirgan bölişi mumkin. Çunki «Doçernyaya kompaniya Narodnogo Banka Kazaxstana po straxovaniyu jizni «Xalyk-Life» AJ affillangan şaxslari röyxatiga 2012 yil 4 fevraldan kiritilgan.
82 yoşli Sora Alpisovnaning Nursulton Nazarboyevdan uç farzandi bor: 59 yoşli Dariğa Nazarboyeva, 43 yoşli Aliya Nazarboyeva va 55 yoşli Dinara Qulibayeva.

















