Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Newsweek jurnalistlari aytişiça, ular 40 dan ortiq maxfiy razvedka hujjatlari bilan tanişib çiqqan, ulardan yigirmatasi birinçi marta naşr etilmoqda.

Hujjatlardagi ma’lumotlardan quyidagi xulosalarni çiqariş mumkin:

— Rossiya armiyasi amalda bir joyda töxtab qolmoqda. Rossiyaliklarning asosiy kuçlari jamlangan Baxmut hududidagi oldingi siljiş ötgan yilning iyul oyidan buyon oyiga 2,7 kilometrni taşkil etyapti;

— Baxmut atrofidagi janglarda qatnaşayotgan yollanma jangçilar soni muntazam armiya askarlari sonidan sezilarli darajada köp. AQŞ razvedkasi ma’lumotlariga köra, «Vagner»ning 22 ming jangçisi Baxmutdagi harbiy harakatlarda qatnaşayotgan kuçlarning 70 foizini taşkil qiladi;

— Hujjatlardan birida ta’kidlanişiça, Rossiya AQŞ va NATOning razvedka harakatlariga «reaksiya körsatgan», şuning uçun razvedkani davom ettirişdan ma’no bor yoki yöqligini örganiş lozim;

— Yana bir qança hujjatlarda 30 aprelga rejalaştirilgan Ukraina qarşi hujumi oldidan Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib beriş haqida söz boradi.

Ukrainaning 30 aprel kuni boşlanadigan ehtimoliy qarşi hujumidan oldin Ukrainaga yuboriladigan harbiy yordam töğrisida batafsil ma’lumot. «Maxfiy» muhri qöyilgan hujjat «AQŞ va uning ittifoqçilari tomonidan Ukraina qurolli kuçlarining jangovar qudratini oşiriş» deb nomlanadi va unda 2023 yil 28 fevral sanasi aks etgan. Foto: Newsweek

Uşbu hujjatlarning barçasi Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasining razvedka boşqarmasi tomonidan tayyorlangan va 27 fevraldan 1 martgaça bölgan kunlik brifinglar uçun asos bölgan. Ularning ahamiyati turliça baholanadi, ammo ular, şubhasiz, AQŞ razvedkasining uruş harakatlariga nisbatan qaraşlarini aks ettiradi.

«Garçi Baxmut yaqinidagi «Vagner» yollanma askarlarining uluşi haqidagi ma’lumotlar katta qiziqiş uyğotsa-da, undan ham muhimroq axborot, «qurol yetkazib beriş» 2023 yil 30 apreliga rejalaştirilgan «bahorgi hujum» bilan yakunlanişi haqidagi ma’lumotdir», deb yozadi Newsweek naşri.

Hujumdan oldin töqqizta brigadaning jangovar kuçi sezilarli darajada oşiriladi.