Safar davomida Xitoyning bir qator vazirlik va idoralarida uçraşuv hamda muzokaralar ötkaziş, Xitoy provinsiyalariga taşrif buyurgan holda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qiliş rejalaştirilgan.
Xitoy Qişloq xöjaligi vazirligida bölib ötgan uçraşuv davomida mamlakatlarimiz örtasida qişloq xöjaligi sohasida hamkorlikni yanada jadallaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida Xitoyning mazkur sohadagi ulkan tajribasidan foydalaniş va Özbekistonda qöşma loyihalarni amalga oşirişga kelişib olindi.
Özbekistonda qişloq joylarini rivojlantiriş, qişloq xöjaligida aholining bilim va könikmalarini kengaytiriş, çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraş muhimligiga e’tibor qaratildi.
Özbekiston delegatsiyasi vakillari, şuningdek, Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qömitasida böldi hamda mamlakatlarimiz uçun manfaatli bölgan yönalişlarda hamkorlik qiliş böyiça muzokaralar ötkazdi.
Bundan taşqari, Xitoy tomoni bilan birga yerdan foydalaniş islohotlari, mintaqaviy rivojlaniş va urbanizatsiya strategiyasi, bandlik va ijtimoiy ta’minotni rivojlantiriş, oziq-ovqat va strategik zaxiralarni boşqariş kabi yönalişlarda hamkorlik qilişga kelişib olindi.

















