Hodisa 19 aprel kuni Toşkent şahrining Mirobod tumanida sodir bölgan.
“Sukut saqlama” loyihasi tomonidan e’lon qilingan videoda noma’lum erkak köçada ketayotgan öquvçi qizga taşlangani, söngra voqea joyidan qoçib ketgani aks etgan.
Tasvirlarda erkak ortdan kelib qizning oğzini qöli bilan yopgani, quçoqlagani, qiz esa unga qarşilik körsatib yerga ötirib qolgani körinadi. Erkak qoçib ketgan, qiz nima bölganini anglab yetmasdan uning ortidan qarab qolgan, keyin ötirib yiğlagan.
Toşkent şahar IIBB axborot xizmati voyaga yetmagan qizga taşlangan erkak qölga olingani haqida xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu işni Oqdaryo tumanida yaşovçi Ozod O. ismli şaxs sodir etgan. Ötkazilgan tezkor tadbir natijasida u 20 aprel kuni uşlangan.
“Tekşiruv jarayonida Ozod O. tomonidan Z.B.ning heç qanday buyumlari olib qöyilmaganligi ma’lum böldi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. Tekşiruv natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi”, – deyiladi IIBB xabarida.

Rasmiy xabarga gumonlanuvçining surati ham ilova qilingan. Mas’ullar suratda erkakning yuzi berkitilmaganini jamoatçilik uning boşqa qilmişlari haqida qandaydir ma’lumotga ega bölsa, bu haqda xabar berilişi mumkinligi bilan izohlaşdi.
Avvalroq Namanganda voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkan şaxs qidiruvga berilgan, IIV uni topişda jamoatçilikdan yordam söragandi. Oradan bir kun ötgaç u qölga olingandi










