16 mingdan 300 minggaça bola Ukrainadan Rossiyaga majburan olib ketilgan bölişi mumkin. Bunday ma’lumotlarni Yevroparlament deputatlari 19 aprel, çorşanba kuni ukrainalik bolalarni deportatsiya qiliş va şu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga oliş töğrisida Xalqaro jinoiy sud (XJS) çiqargan orderni muhokama qiliş çoğida taqdim etdi.
Majburiy deportatsiya Yevropa qit’asida yana bir bor kuzatildi, çunki SSSRda sodir etilgan bunday jinoyatlar heç qaçon qoralanmagan va aybdorlar xalqaro jinoiy javobgarlikka tortilmagan, dedi oilasi sovet repressiyasidan aziyat çekkan Litva deputati Rasa Yuknyaviçene. «Bundan keyin «heç qaçon» degan sözlar şunçaki söz bölmasligi kerak», dedi Yuknyaviçene. U harbiy jinoyatlar va Ukrainaga qarşi bosqinçilik uçun barça javobgarlarni jazolaşga çaqirdi.
Şvetsiyaning Yevropa Ittifoqi işlari böyiça vaziri Jyessika Rosvall Yevroparlament deputatlariga bildirişiça, Ukrainaga qarşi bosqinçilik jinoyati uçun mas’ul şaxslarni javobgarlikka tortişning samarali xalqaro mexanizmi böyiça muhokamalar davom etmoqda. Uning ta’kidlaşiça, bu ayblov yölidagi birinçi qadam YeI adliya boşqarmasi kömagida Ukrainaga qarşi bosqinçilik jinoyatini tergov qiliş böyiça xalqaro markazni yaratişdir. Bu markaz iyun oyi oxirigaça Haagada oçiladi, dedi hozirda Yevropa Ittifoqi kengaşiga raislik qilayotgan Şvetsiya vakili.


















