19 aprel kuni Moskva şahar sudi siyosatçi Ilya Yaşinning Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar»ni tarqatganlikda ayblanib, 8,5 yilga qamalgan hukmi ustidan berilgan apellyatsiyani rad etdi. Jinoyat işi oçilişiga Yaşinning YouTube ijtimoiy tarmoğida Buçada tinç aholining öldirilişi haqidagi translatsiyasi sabab bölgan edi. Mustaqil jurnalistlar tomonidan olib borilgan tekşiruvlar bu qotilliklarda rossiyalik harbiylarning aloqadorligini tasdiqladi. Sudda videoaloqa orqali iştirok etgan Yaşin Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «harbiy jinoyatçi» deb atadi. Meduza Ilya Yaşin nutqining töliq matnini keltirdi.

Muhtaram sudyalar, hurmatli tinglovçilar.

2022 yil 9 dekabrda men harbiy senzura töğrisidagi qonunga binoan hukm qilindim. Uşbu qonun yuridik kuçga ega emas va Konstitutsiyaga ziddir. Aslida, bu prezident Putin tomonidan Ukrainaga qarşi boşlangan uruş böyiça Rossiya rasmiylarining pozitsiyasiga oçiqçasiga qöşilmaslikni noqonuniy taqiqlaydi. Bu uruş BMT rezolyutsiyasi bilan mustaqil davlatga qarşi jinoiy tajovuzkorlik harakati sifatida rasman tan olingan.

Menga tayinlangan hukm hayratlanarli: Internetda 20 daqiqalik nutq uçun sakkiz yarim yil qamoq. Qamoqxonada men jinoyatlari uçun yengilroq jazo olgan köplab qotillar, jinsiy zöravonlar va bosqinçilarni uçratdim. Alohida ta’kidlayman — haqiqiy jinoyatlar uçun, gapirgan sözlari uçun emas.

Mening aybim nima? Men rus siyosatçisi va vatanparvari sifatidagi burçimni bajarar ekanman, bu uruş haqida haqiqatni rost aytdim. Va, xususan, Ukrainaning Buça şahrida Putin qöşinlari tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar haqida gapirdim.

Men panjara ortida ötirganimga deyarli bir yil böldi. Bu vaqt içida bir neçta muhim voqealar sodir böldi. Birinçidan, Buçada sodir bölgan voqealar böyiça töliq tekşiruvlar ötkazildi. Rossiya qismlari olib çiqilgaç, şaharda butun dunyodan kelgan tergovçilar, jurnalistlar va huquq himoyaçilari işladi. Köp sonli qabrlar va tinç aholining ommaviy qabrlari topildi. Sun’iy yöldoş tasvirlari, dronlardan olingan videolar, messenjerlar va köça kuzatuv kameralaridagi xabarlarga köra, askarlar tomonidan öqqa tutilgan önlab oddiy fuqarolar hayotining sönggi daqiqalarini tiklaş mumkin edi. Ölganlarning ba’zilari qöllari orqalariga boğlab qöyilgan, aslida ular qatl qilingan.

Buçada bölgan rus harbiylarining telefon suhbatlari e’lon qilindi. Ular öz oilalariga qotillik sodir etganini aytib, tinç aholi qirğinida qatnaşgani uçun aqldan ozişdan qörqayotganidan şikoyat qilişdi. Bunga jalb qilingan bir qator jangçilar va qömondonlarning ism-şarifi va çaqiruv belgilari aniqlandi. Jurnalistlar ularning ba’zilari bilan boğlanib, deyarli iqror sözlarini e’lon qilişdi.