Yevroparlament Vladimir Kara-Murza va Aleksey Navalniyni zudlik bilan ozod etişni talab qiluvçi rezolyutsiyani qabul qildi. Yevroparlament deputatlari BMT Inson huquqlari kengaşini Rossiyada siyosiy raqiblarni şafqatsizlarça hibsga oliş, qiynoqqa soliş va öldiriş holatlarini tekşirişga çaqirdi.
Parlament a’zolari Yevropa Ittifoqi davlatlariga murojaat qilib, siyosiy ta’qibga uçragan rossiyalik dissidentlarga humanitar vizalar va boşqa yordam körsatişni söradi.
Ovoz berişda 553 nafar deputat iştirok etdi, ulardan 508 nafari qarorni yoqladi, 14 nafari qarşi çiqdi, 31 nafari betaraf qoldi.
Avvalroq Vladimirdagi koloniyada jazoni ötayotgan rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy Moskva şahar sudi siyosatçi va publitsist Vladimir Kara-Murzaga çiqargan hukmni «noqonuniy va vijdonsiz» deb atagandi.
«Unga berilgan jazo muddati - bu Rossiya «FSB» tomonidan sodir etilgan ikkita zaharlanişdan omon qolgani uçun ölmaganiga qasos. Rossiya «FSB» tomonidan sodir etilgani allaqaçon isbotlangan», dedi Navalniy va Kara-Murza siyosiy sabablarga köra ta’qib qilinayotganini qöşimça qilib ötdi.
«Men uning soğliğidan juda xavotirdaman. Men uni ikkinçi zaharlanişdan keyin körganman va uning soğliği deyarli yöqolganiga guvoh böldim», - deya ta’kidladi Navalniy.
Moskva şahar sudi muxolifatçi siyosatçi va publitsist Vladimir Kara-Murzaga nisbatan ayblov hukmini çiqardi. 17 aprel kuni u 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi: 7 yil - «harbiy feyklar» uçun, 3 yil - «nomaqbul» taşkilot faoliyatida iştirok etgani uçun va 18 yil - davlatga xiyonat böyiça jinoyat işi yuzasidan.

















