Respublika Sanoat va savdo vazirligi xabariga köra, yil boşidan buyon mamlakatga Rossiya gazi import qilinmagan.

«Import qilingan 1,71 milliard kub metr gazning umumiy hajmining 100 foizi Germaniya orqali ötdi. Bu davrda gaz Slovakiya orqali ötmadi. Bu esa Rossiya quvurlari orqali Çexiya hududiga gaz kirişi mumkin bölgan yagona joydir», deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Germaniya orqali Belgiya va Niderlandiyadan suyultirilgan gaz, şuningdek, Norvegiyadan tabiiy gaz olingan.

«Çexiya tarixida birinçi marta yilning birinçi çoragida biz Rossiyadan gaz olmadik. Bu katta muvaffaqiyat… Bunga barçamiz hissa qöşdik. Lekin bu biz ğalaba qozonganimizni anglatmaydi. Qişda Yevropa Rossiya ta’minoti uzilgani sababli kamroq gazga ega böladi. Şuning uçun kelajakda gaz iste’moliga mas’uliyat bilan yondaşiş kerak», dedi sanoat va savdo vaziri Yozef Sikela.

Vazirlik ma’lumotlariga köra, 1 yanvardan 16 aprelgaça bölgan davrda gaz iste’moli 2,9 milliard kub metrni taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 13,6 foizga, sönggi uç yildagi örtaça iste’molga nisbatan 19,7 foizga kamaygan.