Rossiya qöşinlari frontning turli yönalişlarida hujum qilişga urinişda davom etmoqda — lekin borgan sari sustroq. Deyarli barça yönalişlarda harakatlar pozitsion xususiyatga ega bölib, asosan ikki tomonning artilleriya duellari körinişiga ötgan.

Bu uruşda avval ham şunday vaziyat yuzaga kelgandi: 2022 yilning iyul va avgust oylarida Lisiçansk egallanganidan keyin Rossiyaning yurişi darhol töxtamagan, ammo hujumlar borgan sari lanjlik bilan qilingan, xuddi inersiya böyiça davom etgandek edi. Ukraina qurolli kuçlarining kuzgi yurişi ham şu tarzda yakun topgandi – noyabrda RF qurolli kuçlari Dnipro daryosi timsolidagi işonçli tabiiy tösiq ortiga çekingan, dekabrda esa ukrainlarning Luhansk oblasti şimolidagi hujumlari ham asta-sekinlik bilan tinçib qolgandi.

Frontdagi bunday dinamika – taşabbus raqiblardan biridan ikkinçisiga ötayotgani belgisidir. Katta ehtimol bilan, Ukraina qurolli kuçlarining kuçli qarşi hujumini kutayotgan Rossiya qöşinlari taktik ahamiyatgagina ega bölgan lokal hujumlarni davom ettiriş uçun juda köp kuç va zaxiralarni sarflaşni istamayapti. Faqat Baxmut istisno bölib qolmoqda, bu yerda hali ukrainlar uçun inqiroz ortda qoldirilmadi: Ukraina QK şaharning faqat ğarbiy kvartallarini nazorat qilmoqda, bu hudud ham qurşov xavfi ostida.

Baxmut

  • «Vagner» XHK kuçlari, uning rahbariyati va RF mudofaa vazirligi tasdiqlaşiça, tutaşuv çiziğining bir qismini (şimolda Sakko va Vansetti qişloqlaridan Zaliznyanskiygaça va janubda Ozaryanovkidan Stupoçekkaça) muntazam qöşinlarga topşirgan. Bu esa XHKning Baxmut atrofidagi şturm otryadlari böşab, şaharni egallaş uçun yangidan şturm taşkillaştiriş imkonini bergan. Aprel oyi boşida şahar markazida erişilgan muvaffaqiyatlardan keyin (yollanma jangçilar bir neça kun içida markaziy kvartallarni egallab oldi) vagnerçilar temiryöl atrofida yangi mudofaa çiziğida töxtagan. Vokzal va uning atrofi uçun janglar ikki haftadan köproq vaqt oldin boşlangandi.
  • Ukraina dronlaridan olingan videolarga köra, sönggi kunlarda XHK yollanma jangçilari temiryöl ortiga ötib olişga muvaffaq bölgan. Ukraina qurolli kuçlarining bu hududdagi asosiy tayanç punktlari — vokzalning özi va undan şimoldagi elevator egallangani aniq emas. Ğarbiy hududlarni yaqqol kuzatib turiş mumkin bölgan elevatorning baland binosini ukrain qöşini çekinayotib portlatib yuborgan, ammo bu töla muvaffaqiyatli amalga oşmagan — binoning bir qismi butun qolgan.
  • Şu bilan bir vaqtda «Vagner» XHK şaharning ğarbiy kvartallaridagi garnizonni ta’minotdan uzib qöyiş uçun şimoldan (Severniy stavok hovuzi hududi) va janubi-ğarbdan (Çaykovskiy köçasidagi baland imoratlar joylaşgan hudud) ta’minot yöllariga töğridan töğri hujum qilmoqda. Şimolda vaziyat ular uçun yaxşiroq ketmoqda: yollanma jangçilar Atirgullar xiyoboni (Allei Roz) va sobiq Madaniyat uyini (bu bino ham ukrain harbiylari tomonidan portlatib ketilgan) hududini egallagan.