Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida köp yillik daraxtlar qöporib taşlangani haqida xabar berildi. Tabiat resurslari vazirligi poytaxt boşqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Telegram’dagi «Ekologuz» kanalining yozişiça, Ekobozor tomonda zapravkadan keyin qurilgan avtomoyka oldidagi köp yillik daraxtlar kesib taşlanib, ayrimlari ildizi bilan birga qöporib taşlangan.
Mazkur holat boşqarma mutaxassislari tomonidan borib örganilgan. Unga köra, «P.S» MÇJ tomonidan hududdagi daraxtlarni köçirib ötkazişda agrotexnik qoidalarga rioya etilmagani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-moddasida (daraxtlarni, butalarni, boşqa ösimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravişda kesiş, kundakov qiliş, şikastlaş, yöq qiliş yoki boşqa joyga köçirib ötkaziş) belgilangan tartibdagi jazo çorasini qöllaş maqsadida, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilmoqda.












