Surxondaryo viloyati, Şerobod tumani, «Taroqli» mahallasida Ramazon hayiti bayramiga tuhfa sifatida 2 ta köp qavatli, 40 ta xonadonli turar-joy qurib bitkazildi hamda töliq jihozlangan holda boquvçisini yöqotgan, uy-joysiz xotin-qizlarga topşirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, uy-joylar şerobodlik tadbirkor tomonidan qurilgan va beğaraz taqdim etilgan. Uning ismi-şarifi xabarda keltirilmagan. UzA xabariga köra, tadbirkor öz ismi-şarifini oçiqlamaslikni söragan.

Ikkita köp qavatli uydagi xonadonlar ikki va uç xonali bölib, ularning har biri zamonaviy usulda jihozlangani, barça şaroit yaratilgani aytilmoqda.

Uylarning kalitini tantanali topşiriş tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov iştirok etgan.

Xabarda ta’kidlanişiça, saxovatpeşa tadbirkor ötgan yili ham tumandagi 27 ta kam ta’minlangan oilaga kottej uy qurib, hadya qilgan.