2022 yil noyabr oyi boşida Germaniya kansleri Olaf Şols Yevropaning koronavirus pandemiyasidan beri Xitoyga taşrif buyurgan ilk yetakçisi bölgandi. Undan biroz keyin Yevropa kengaşi prezidenti Şarl Mişel ham Pekinga safar qildi. 2023 yilda Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen bilan birgalikda Xitoyga bordi.

Aprel oyida esa Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Xosep Borrelning Xitoyga taşrifi rejalaştirilgan edi. Biroq Borrelning safari unda kovid aniqlangani tufayli bekor qilindi (lekin xuddi şu vaqtda Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Xitoyga keldi). Italiya boş vaziri Jorjiya Meloni ham yaqin vaqt içida Xitoyga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda.

Yevropa Ittifoqi va Xitoy örtasidagi bunday aloqalar Vladimir Putinga, Xitoyga Rossiya emas, balki Yevropa Ittifoqi köproq boğlanganini aytiş uçun asos böldi. Meduza naşri yevropalik siyosatçilarning bu taşriflaridan maqsad nima ekani, ularning safarlari Ukrainadagi uruş bilan qanday boğliqligi va nima uçun Jinping Yevropaga kelmay, ular Xitoyga borayotganini örgangan.

Nega kovid pandemiyasi Xitoyni bir muddat taşqi siyosatni unutişga majbur qildi? Va Si Jinpingning Xitoy rahbarligiga uçinçi muddatga saylanişi diplomatik izolyatsiyadan çiqişga qanday ta’sir ötkazdi?

2020 yilda SARS-CoV-2 virusi «vatani» bölmiş Xitoyning Uhan şahri qattiq karantin uçun butunlay yopildi, uning ortidan esa butun Xitoyda karantin joriy qilindi. XXR rahbariyatining asosiy e’tibori içki siyosiy kun tartibiga qaratildi. Mamlakat pandemiyaga qarşi kuraş olib bordi, mahalliy byurokratiya esa 2022 yil oktyabriga belgilangan Xitoy Kommunistik partiyasining (XKP) XX qurultoyiga tayyorgarlik kördi. Uşbu s’yezdda siyosiy byuro a’zolari tasdiqlandi va Si Jinping markaziy qömita boş kotibi lavozimiga qayta saylandi.

Qurultoydan bir neça oy ötgaç, 2022 yil oxirida, koronavirus çeklovlarining aksariyati bekor qilindi. Bu bilan birga, yangilangan siyosiy maşinani bezaş ham yakunlandi: 2023 yil 5 martda mamlakatning oliy maslahat organi — Xitoy xalq siyosiy maslahat kengaşi, (XXSK) Butunxitoy qömitasining 14-çaqiriğining birinçi sessiyasi oçildi. Uşbu çaqiriq davomida Si Jinping rasman Xitoy Xalq Respublikasi raisligi va Markaziy harbiy kengaş rahbariligiga uçinçi muddatga tasdiqlandi. Şuningdek, hukumatning yangi tarkibi, jumladan, yangi boş vazir – kommunistik partiyaning Şanhay qömitasining sobiq kotibi Li Syan ham öz lavozimiga tasdiqlandi.