Butunjahon Yer kunini nişonlaş qanday boşlangan?

Butunjahon Yer kuni 1970 yildan AQŞda nişonlana boşlangan. Bu paytda AQŞda odamlar hali ekologiya zarar körayotgani haqida öylaşmagan, atrof-muhit ifloslanişi inson soğligiga qanday ta’sir qilişi mumkinligi haqida ham qayğurmagan. Aksinça, zavodlardan köp tutun çiqar, maşinalardan zararli gazlar ajralib çiqardi. Havo ifloslanişi hatto farovonlik hidi sifatida qabul qilingan.

1962 yilda yozuvçi Reyçer Karsonning "Soqov bahor" besselleri sotuvga çiqqaç, odamlar tabiatga yetkazilayotgan zarar haqida öylay boşlaşdi. Kitob atrof-muhit va ifloslanişning jamoat soğliğiga ta’siri haqida edi.

Keyinroq esa tabiat muammolari haqida Viskonsin ştatidan çiqqan senator Geylord Nelson qayğura boşladi. U 1969 yilda Santa-Barbara şahridagi yirik neft tökilişi oqibatida yuzaga kelgan vayronagarçiliklarga guvoh böladi va nimadir qiliş kerak deb öylaydi. Talabalar energiyasini bilgan Nelson odamlarning ogohligini oşiriş uçun ulardan foydalaniş kerakligini tuşunadi va ular iştirokida namoyişlar ötkazişni rejalaştiradi.

Geylord Nelson

Talabalar iştirokida ötkazilişi kerak bölgan namoyiş ular maksimal darajada köp iştirok etişi uçun bahorgi ta’til va yakuniy imtihonlar oraliğidagi iş kuniga – 22 aprelga möljallanadi. Butun mamlakatni ilhomlantirgan namoyişlarda jami 20 mln amerikalik qatnaşadi. Bu öşa paytdagi Amerika aholisining 10 foizini taşkil qilardi. Köplab kollej va universitetlar atrof-muhit yomonlaşuviga qarşi namoyişlar ötkazişdi, şaharlar, qişloqlar, mahallalarda ham ommaviy mitinglar bölib turdi.

Turli muammolar: neft tökilişi, zavod va elektrostansiyalarning ifloslantiruvçi ta’siri, kanalizatsiya, zaharli çiqindilar, pestitsidlar, yovvoyi tabiatning yöq bölib ketayotganiga qarşi turli körinişda kuraş olib borayotganlar 1970 yildan Yer kuni tufayli birlaşa boşlaşdi. Sababi ularning maqsadlari öxşaş edi. Şu sabab Yer kuni Qöşma ştatlarda kamdan kam röy beradigan siyosiy uyğunlikni yaratdi. Bitta ğoya respublikaçilar, demokratlar tomonidan ham, şaharlik, qişloqliklar tomonidan ham quvvatlandi. Natijada 1970 yil oxirigaça AQŞ Tabiatni muhofaza qiliş agentligi tuzildi va ekologiyaga oid qonunlar qabul qilina boşlandi.