Ukrainadagi uruşning 423-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Belgorodda 20 aprel kuni Rossiya harbiy samolyotidan snaryad tuşib ketgan joyda aviabomba topildi. Operativ xizmatlar 17 ta köp kvartirali uy aholisini evakuatsiya qildi va yer ostidagi snaryadni olib çiqdi. Uni keyin poligonda portlatişgan.
  • Volodimir Zelenskiy Rossiyani «yuksaltiradigan, abadiylaştiradigan, tarğib qiladigan yoki simvollaştiradigan» geografik obektlarga nom berişni taqiqlovçi qonunni imzoladi. Şuningdek, Zelenskiy Rossiya bilan aloqador bölgan 40 nafar jismoniy va 300 dan ortiq yuridik şaxslarga sanksiya qöllagan.
  • Rossiya Moskvada işlayotgan taxminan 90 nafar nemis diplomatlaridan 34 nafarini çiqarib yubordi. Rossiya TIV bu qadamni Germaniyadan rossiyalik diplomatlar «yoppasiga çiqarib yuborilgani»ga javob bölganini ma’lum qildi.
  • Yevgeniy Prigojin Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov undan öz öğlini «Vagner»ga qabul qilişni söragani — va u hozirda «oddiy artilleriyaçi sifatida işlayotgani»ni aytdi.
  • Albaniya bu yozda RF fuqarolari uçun vizasiz rejim qöllamaydi, avvalgi yillarda şunday rejim amal qilgandi.

Baxmut uzra tutun. Ukraina qöşini şahar mudofaasini davom ettirmoqda

Şahar uçun jang töqqizinçi oydirki davom etmoqda. Bu yerda Ukraina tomoni hozirça inqirozli holatni ortda qoldira olmadi: Ukraina QK şaharning faqat ğarbiy kvartallarini nazorat qilmoqda, bu hududdagi garnizon ham qurşovga tuşiş xavfi ostida.

21 aprel kuni «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin şahar töliq qurşovga tuşgani haqida gap yöqligi va uning uçun «oğir janglar» davom etayotganini ma’lum qildi. Avvalroq Prigojin şaharning 80 foiz hududi Rossiya bölinmalari tomonidan nazorat qilinayotganini aytgandi. Ukraina mudofaa vaziri Anna Malyar esa Rossiya armiyasi hujumlarni davom ettirayotgani, «ayrim uçastkalarda ilgarilayotgani», ammo vaziyat «nazorat ostida qolayotgani»ni aytgan.

Baxmutning hozirgi körinişi şunday. 22 aprel kuni Rossiya mudofaa vazirligi RF armiyasi Baxmutning uçta kvartali egallangani (svodkada bular qaysi kvartallar ekaniga aniqlik kiritilmagan) haqida xabar