20 nafardan ortiq nemis diplomati Rossiyadan çiqarib yuboriladi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova xabar berdi. Oldinroq Germaniya ham şunça rossiyalik diplomatni Berlindan çiqarib yuborilişini e’lon qilgan edi.

Avvalroq, Germaniyaning Focus naşri siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ilmiy ma’lumotlarni qölga kiritişda gumon qilinayotgan 30 dan ortiq rossiyalik diplomatni qöporuvçilik va dezinformatsion operatsiyalar uçun mamlakatdan çiqarib yuborilişi haqida yozgan edi. Germaniya xavfsizlik idoralari hozir mamlakatda 160 ga yaqin rossiyalik razvedka xodimi bor, deb hisoblamoqda. Bu Sovuq uruş davridagidan köproq.

Rossiyalik diplomatlar josuslikda gumon qilinib, 2022 yil boşidan beri Germaniyadan çiqarib yuborilyapti. Şu yil yanvar oyida ham rossiyalik diplomat josuslikda gumon qilib, persona non grata deb e’lon qilindi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan Avstriya, Germaniya, Bolgariya, Şvetsiya, Daniya, Latviya, Litva, Estoniya, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya va Lyuksemburg rossiyalik diplomatlarni çiqarib yuborişni e’lon qildi. Şuningdek, Rossiyaning turli missiyalarda işlovçi 480 nafar fuqarosi «persona non grata» deb e’lon qilindi.

Mart oyida Niderlandiya rossiyalik 17 nafar diplomatni çiqarib yubordi. Mamlakat taşqi işlar vaziri Vopke Xukstra «Rossiyaning Niderlandiyadagi vakolatxonalariga diplomatik niqob ostida tayinlangan razvedka xodimlarini» çiqarib yuborayotgani haqida xabar bergan edi.