AQŞ Sudandan Amerika elçixonasi xodimlari va ularning oilalarini evakuatsiya qildi. Bu haqda 23 aprel, yakşanba kuni AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi. Mamlakatning eng yirik harbiylaştirilgan guruhi – Tezkor harakat kuçlari (RSF) vakillarining sözlariga köra, amerikalik diplomatlar va ularning yaqinlari AQŞ harbiy-havo kuçlarining oltita samolyoti bilan mamlakatdan olib çiqib ketilgan.
Bir kun avval muntazam armiya boş qömondoni va Sudanning amaldagi hukmdori Abdul Fattoh al-Burxon diplomatik vakillar va boşqa xorijiy fuqarolarni evakuatsiya qilişga rozi böldi. Muntazam armiyaga qarşi kuraşayotgan RSF xavfsizlik kuçlari, öz navbatida, çet elliklarga Sudanni tark etiş imkoniyatini beriş uçun öt oçişni töxtatişga tayyorligini tasdiqladi. Şunga qaramay, vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş böyiça oldingi kelişuvlar doimiy ravişda buzilib kelindi.
Sudandagi qurolli töqnaşuv tufayli köplab davlatlar öz fuqarolarini u yerdan olib çiqişga harakat qilmoqda. Evakuatsiyaga Xartum aeroporti atrofidagi şiddatli janglar tösqinlik qilmoqda, u ham uruş maydoniga aylangan.
22 aprel kuni Saudiya Arabistoni 157 kişi - ham öz fuqarolari, ham xorijliklarni olib çiqib ketganini tasdiqladi. Iordaniya 300 kişini evakuatsiya qiliş boşlanganini bildirdi.

















