Şveytsariyaning Berlindagi elçisi Pol Rene Seger Germaniyaga Ukrainaga Gepard öziyurar zenit qurollari uçun Şveytsariyada işlab çiqarilgan snaryadlarni yetkazişga ruxsat bermagan Berndagi hukumat pozitsiyasini tuşuntirdi.

Şveytsariya harbiy kuç işlatişdan voz keçdi, «bu biz uruşni qöllab-quvvatlamasligimizni ham anglatadi», dedi u 24 aprel, duşanba kuni çop etilgan Germaniyaning Augsburger Allgemeine gazetasiga bergan intervyusida. Seger Şveytsariya uçun fundamental ahamiyatga ega bölgan betaraflik talabiga işora qildi. «Bu bizning DNK bir qismi», deb qöşimça qildi diplomat. 

Şuningdek, u Kiyevga öq-dorilar yetkazib beriş taqiqlangani sababli Şveytsariya hukumatiga nisbatan «tanqid kölami»dan hayratda qolganini aytdi. «Sizda Putin uruşda ğalaba qozongan taqdirda Şveytsariyaga ayb uluşi qöyiladi degan taassurot paydo böladi. Lekin 12 ming snaryad uruşga ta’sir qilmaydi va uning natijasini hal qilmaydi», - dedi Seger. 

Germaniya ötgan yozda Bern hukumatidan Gepard ÖZQ uçun Ukrainaga 12 400 snaryadni reeksport qilişga ruxsat söradi. Şundan söng Şveytsariya özining betarafligini aytib, bu sörovni rad etdi. Kuzda Germaniya Bernga yangi sörov yuborib, ğalla eksporti uçun muhim bölgan Ukrainadagi infratuzilma va dengiz portlarini himoya qiliş zarurligiga işora qildi. Biroq, Şveytsariyada buni yana rad etdi.