Özbekistonning Fransiyadagi elçisi Sardor Rustamboyev xitoylik diplomat – Lu Şayning sobiq SSSR davlatlari haqida aytgan gaplari örganib çiqilib, rasmiy bayonot berilişini bildirdi. Xitoy elçisi avvalroq possovet davlatlari “xalqaro huquq borasida samarali statusga ega emasligi”ni ta’kidlab, diplomatik mojaroga sabab bölgan edi.

“[Bu masalada] munosabat bildirişdan avval çuqur örganib çiqişimiz kerak, hali bayonotning özini körganim yöq.

Avval örganib çiqib, rasmiy bayonot berarmiz yoki kerak bölsa Xitoy elçisi bilan ikki tomonlama uçraşib… Ular nima haqida gapirayotganini bilişimiz kerak. Men sizga biror bir bayonot berişga yoki pozitsiyani aytişga tayyor emasman. Çunki bu bilan tanişişimiz kerak. Biz buni kuzatamiz, agar jiddiy bölayotgan bölsa balki Taşqi işlar vazirligimiz tomonidan bayonot berilar.

Agar şaxsan özimning pozitsiyamga keladigan bölsak, albatta bu notöğri narsa. Mustaqil bölganimizga 30 yil böldi va mustaqilligimiz uçun barça asoslar va hujjatlar bor.

Yana bir bor aytaman, buni yaxşilab örganiş kerak. Balki Xitoy tomonining sözlari notöğri traktovka qilingandir,” – deya Özbekistonning Fransiyada elçisi sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, 21 aprel kuni Fransiyaning LCI telekanaliga intervyu bergan xitoylik diplomat Lu Şay sobiq SSSR davlatlari «xalqaro huquq borasida samarali statusga ega emasligi, çunki ularning statusiga suveren davlatlar kuçini taqdim etuvçi xalqaro kelişuv yöqligi»ni ham ta’kidlagandi. Xitoyning Parijdagi elçisi, şuningdek possovet çegaralari masalasida «behuda munozaralar»ni bas qilişga ham çaqirgan.