23 aprel kuni Yaponiya böylab şahar va qişloqlarda merlik va deputatlik saylovlari bölib ötdi.

Kelib çiqişi özbekistonlik bölgan 37 yoşli Orzugul Boboxöjayeva Setagaya okrugi deputatligiga saylangan. U bu haqda 24 aprel kuni Facebook'dagi sahifasida yozdi.

“Birinçi marta 6771 ta ovoz bilan Setagaya okrugi deputatligiga saylandim. Hammaga rahmat. Bugun Setagaya palatasi idorasiga ğoliblik sertifikatini qabul qiliş uçun boraman. Sevimli Yaponiyamni Setegaya okrugi orqali özgartiraman”, – deya yozgan u yapon tilida.

Orzugul Boboxöjayevaning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, u 21 yoşidan beri Yaponiyada yaşaydi. 16 yoşidan tarjimon bölib işlagan. Yaponiyada avvaliga logistika kompaniyasida faoliyat yuritgan, keyin özbek vino mahsulotlarini Yaponiyaga import qiliş böyiça öz kompaniyasiga asos solgan.

Ma’lumot uçun, 2023 yil 9 aprelda Yaponiyada butun mamlakat böylab mahalliy saylovlar bölib ötdi. Saylovning ikkinçi turi 23 aprel kuni ötkazildi. Hukmron partiya bölmiş Liberal-demokratik partiya saylovlarda ğalaba qozondi.

Boboxöjayeva deputat etib saylangan Setagaya Tokio şahridagi maxsus okrug hisoblanadi.

Setagaya köp aholiga ega hudud bölib, Tokio maxsus okrugining ikkinçi (Oitidan keyin) eng katta maydoniga ega. Hududda aholi soni 921 120 nafarni, aholi ziçligi esa har kvadrat kilometrga 16 177 nafarni, umumiy maydoni 58 km kvadratni taşkil qiladi.