U 2023/2024 öquv yili uçun öquvçilarni qabul qiliş yuzasidan ma’lumot berdi. 

Qayd etilişiça, ixtisoslaştirilgan maktab va maktab-internatlariga aniq fanlar yönalişiga qabul 5 – 11-sinflarga, tabiiy fanlar yönalişiga 7 –11-sinflarga, keyingi öquv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oşiriladi.

Har bir sinfga 24 nafardan öquvçilar qabul qilinadi.

Kiriş imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topşirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e’lon qilinadi.

Ixtisoslaştirilgan maktab va maktab-internatlarining kiriş imtihonlaridan ötgan öquvçilar töliq bepul ta’lim olişadi.

Kiriş imtihonlari natijalari qayta körib çiqilmaydi. Kiriş imtihonlari natijalari böyiça imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

Prezident maktablarining 5-sinf kiriş imtihonlari 2-bosqiçida iştirok etib, öqişga kira olmagan talabgorlar hujjat topşiriş jarayonida öz hududidagi özlari tanlagan ixtisoslaştirilgan maktablardan birida öqiş istagini bildirgan taqdirda kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslaştirilgan maktablarga qabul qilinadi. 

Bunda, talabgorlar Prezident maktabiga saralaş imtihonlarining ikkinçi bosqiç javoblari e’lon qilingan kundan boşlab 5 iş kuni davomida ixtisoslaştirilgan maktab direktori nomiga öqişga qabul qilişni sörab ariza bilan murojaat etişlari lozim.