Xitoy taşqi işlar vazirligi duşanba kuni Xitoy barça possovet mamlakatlar suverenitetini hurmat qilişini ma’lum qildi. Bu bayonot xitoyliklarning Fransiyadagi elçisi fransuz telekanaliga bergan intervyusida sobiq SSSR davlatlari maqomini şubha ostiga olişi tufayli yuzaga kelgan mojaro fonida berildi.
Elçi Lu Şayning sözlariga Ukraina va Boltiqböyi mamlakatlari keskin munosabat bildirdi. Latviya, Litva va Estoniya duşanba kuni Xitoy elçilarini tuşuntiriş beriş uçun çaqirtirdi.
«Tegişli masala böyiça Xitoyning pozitsiyasi özgarmagan. Hududiy suverenitetga kelsak, Xitoyning pozitsiyasi doimo aniq bölib kelgan. Xitoy barça mamlakatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qiladi hamda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti nizomining maqsad va tamoyillarini qöllab-quvvatlaydi», dedi duşanba kuni Xitoy TIV rasmiysi Mao Ning matbuot uçun brifing çoğida - undan Fransiyadagi elçining sözlari Xitoyning rasmiy pozitsiyasini qançalik aks ettirişi haqida söralgandi.
«Sovetlar ittifoqi parçalanganidan keyin Xitoy birinçilardan bölib yangi taşkil topgan mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar örnatdi va şu paytdan boşlab ikki tomonlama munosabatlar, döstlik va hamkorlikni rivojlantiriş uçun doimo özaro hurmat va tenglik tamoyillariga amal qilib keladi», deya davom etgan u.
Şuningdek, Mao Ning ba’zi ommaviy axborot vositalari Xitoyning Ukraina böyiça pozitsiyasini «buzib körsatayotgani»ni qöşimça qildi, lekin aniq nomlarni aytmadi.

Xitoyning Fransiyadagi elçixonasi ham xitoylik diplomatning sözlari faqat uning öta şaxsiy fikri bölgani, bu sözlar siyosiy bayonot hisoblanmasligi va ortiqça talqin qilinmasligi kerakligini bildirgan.
Avvalroq Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel elçi Lu Şayning sözlarini yöl qöyib bölmaydigan sözlar deb atagandi va bu sözlar Xitoy hukumatining rasmiy pozitsiyasini aks ettirmasligiga umid bildirgandi.
Litva taşqi işlar vaziri Gabriyelyus Landsbergis duşanba kuni ma’lum qilişiça, Xitoyning Litva, Latviya va Estoniyadagi elçilaridan Lu Şayning sözlari nimani anglatişini tuşuntirib beriş söralgan.
«[...] ularga eslatib ötiş kerakki, biz possovet davlatlari emas, balki sovetlar ittifoqi tomonidan noqonuniy bosib olingan davlatlarmiz», degan Landsbergis.


















