Olmaota şahrining Olmali tuman sudi Milliy xavfsizlik qömitasi (MXQ) şahar boşqarmasi sobiq boşliği Nurlan Majilov işi böyiça ayblov hukmini çiqardi. 25 aprel, seşanba kuni u 2022 yil boşidagi norozilik namoyişlari va tartibsizliklar çoğida hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda ayblanib, olti yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Bundan taşqari, Majilov 10 yil muddatga davlat xizmatida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, moliya taşkilotlarida lavozimlarni egallaş huquqidan, şuningdek, MXQ general-mayori maxsus unvonidan ham mahrum etildi, deya xabar beradi sud matbuot xizmati.
Bir kun avval Ostona jinoyat işlari böyiça ixtisoslaştirilgan tumanlararo sudi Qozoğiston MXQ sobiq raisi Karim Masimovni 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U davlatga xiyonat, hokimiyatni zöravonlik bilan egallab oliş va hokimiyatni suiiste’mol qilişda aybdor deb topildi. Şuningdek, sud qarori bilan mansabdor şaxsning mol-mulki musodara qilindi, u umrbod davlat xizmatida lavozim egallaş huquqidan mahrum qilindi. Iş "öta maxfiy" belgisi ostida körib çiqildi.
Xuddi şu işda Masimovning uç sobiq örinbosari: Anuar Sadiqulov, Daulet Yergojin va Marat Osipov iştirok etdi. Ular mos ravişda 16, 15 va 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Tört ayblanuvçining hammasi generallik unvonlari va davlat mukofotlaridan mahrum etildi. Ulardan 10 milliard tenge (taxminan 20 million yevro) va 24 million AQŞ dollari (21,8 million yevro)dan ortiq mablağ davlat foydasiga undiriladi.













