Qayd etilişiça, joriy yilning 25 aprel kuni 1996 yilda tuğilgan D.U. Sergeli tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, sinfdoşi, 1996 yilda tuğilgan Ş.N.ga voyaga yetmagan farzandi, 2020 yilda tuğilgan S.U.ni enagalik qilişi uçun topşirganini, lekin farzandi uning xonadonida vafot etganini ma’lum qilgan.

Tekşiruv jarayonida Ş.N. voyaga yetmagan S.U. 24 aprel kuni yertölaga tuşiş zinasidan yiqilganini, lekin örnidan turib yana öynab ketgani sababli uning onasiga bu haqida xabar bermaganini, şifokorlarga ham S.U.ga tibbiy yordam körsatişi uçun murojaat qilmaganini, 25 aprel kuni taxminan soat 10:00 larda S.U. huşidan ketib yiqilganini va tez tibbiy yordam xodimlari kelguniga qadar vafot etganini ma’lum qilgan.

3 yoşli qizning ölim sababini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (“Xavf ostida qoldiriş”) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumon qilinuvçi Ş.N. protsessual tartibda uşlangan. Tergov davom etmoqda.