Özbekistonda 2023 yilda boquvçisini yöqotgan 42 939 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarga moddiy yordamlar körsatildi. Bu haqda Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravişda hal etiş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça respublika komissiyasi ma’lum qildi.

Oltita toifa böyiça «Ayollar daftari»ga kiritilgan jami 1 mln 680 nafar xotin-qizlardan 225 117 nafarining (22,5 foiz) muammolari hal etildi. Bu işlar joriy yilning 10 apreliga qadar amalga oşirilgan. 

Xususan, 91 936 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj işsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. 9 924 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişlari uçun kreditlar ajratildi. 

Şuningdek, boquvçisini yöqotgan 42 939 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarga moddiy yordamlar körsatildi. Yana 44 254 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bölgan, şuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy yordamlar ajratildi.

Bundan taşqari, uy-joyga muhtoj bölgan 2 387 nafar xotin-qizlarning uy-joy şaroitlarini yaxşilaş çoralari körildi. Ularning 2 129 nafariga turar joy ijara tölovi uçun kompensatsiyalar tölab berildi va 258 nafari arzon uy-joylar bilan ta’minlandi.

Qaramoğida nogironligi bölgan farzandi mavjud 33 676 nafar xotin-qizlarga moddiy yordamlar ajratildi, ularning 705 nafariga tomorqasidan samarali foydalanişiga kömaklaşildi. Uy-joyi ta’mirga muhtoj 311 nafar xotin-qizlarning xonadonlari ta’mirlandi.