Vazirlar Mahkamasining «Xotin-qizlar muammolarini örganiş va hal etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etiş maqsadida “Ayollar daftari” röyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Ayollar daftari”ni yuritiş orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravişda hal etiş va ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tartibi töğrisidagi nizom;
  • “Ayollar daftari” röyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmalari töğrisidagi nizom;
  • Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravişda hal etiş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça respublika komissiyasining tarkibi.

Qaror bilan "Ayollar daftari” röyxatiga kiritilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan (qaramoğida I guruh nogironligi bölgan farzandlari yoşidan qat’i nazar) farzandlariga davolaş, dori vositalari olib beriş yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uçun xarajatlar qoplab beriş tartibi tasdiqlangan. Xarajatlar “Ayollar daftari” jamğarmasi va Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasi mablağlari hisobidan tölab beriladi.

Oila va xotin-qizlar davlat qömitasiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 iyulga qadar “Ayollar daftari” bilan işlaş elektron tizimini işlab çiqiş va işga tuşiriş topşirilgan.

Elektron tizim davlat maqsadli jamğarmasi hisobidan moliyalaştiriladi. Uşbu tizim yordamida quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizning “Ayollar daftari”ga kiritiş haqidagi murojaatini bevosita qabul qiliş;
  • uşbu murojaatni körib çiqiş natijalari, agarda murojaatni qanoatlantiriş rad etilgan bölsa, rad etiş asoslarini taqdim etiş;
  • “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga körsatiladigan yordam turlarini körsatiş;
  • “Ayollar daftari” orqali yordam körsatilayotgan xotin-qizlarning röyxati va ularning har biriga körsatilgan yordamlarning aniq turlari, hajmi hamda kelgusida rejalaştirilayotgan tadbirlar bilan tanişib çiqiş.

Bundan oldin “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş tartibi