Özbekistonda bölib ötayotgan INNOPROM-2023 doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi kömagida «Illogic» (Italiya) va Mind as Engine (Özbekiston) örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandum imzolandi.
Mazkur hamkorlik bitimi sanoatning samaradorligi va xavfsizligini oşirişga qaratilgan.
Italiya kompaniyasining dasturiy-apparat majmuasi video va audio kontent oqimidan foydalangan holda operatorlarga masofaviy yordam körsatiş imkonini beruvçi aqlli dubulğa hisoblanadi. Qurilma xodimlarni masofaviy malaka markaziga ulaydi hamda ularga real vaqt rejimida axborot almaşiş imkonini beradi.
Bundan taşqari, hamkorlikning asosiy maqsadlari texnologiyalar transferini amalga oşiriş, sun’iy intellekt va raqamlaştiriş sohasida qöşma tadqiqotlar ötkaziş, dasturiy-apparat majmuasini joriy qiliş va uni Markaziy Osiyo bozoriga tatbiq etişdan iborat.
Mind as Engine boşqaruvi raisining ma’lum qilişiça, Özbekiston hududida texnologiyalar transferini işlab çiqiş va amalga oşirişga 1 million yevrodan ortiq sarmoya kiritiş rejalaştirilmoqda.

















