Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi Kundalik.com tizimiga özgartirişlar kiritilganini ma’lum qildi.

“Ta’lim nazorati” kanali xabariga köra: «Kun uçun jurnal»da «dars ötkazildi» katagiga belgi qöyiş mumkin böldi. Endi öqituvçilar «Kun uçun jurnal»da davomat va baholarni hamda darhol dars ötkazilganligini belgilaşlari mumkin.

Öqituvçilar jurnalni Kundalik’ning veb-talqinida, mobil brauzerda, şuningdek Kundalik.Teacher ilovasida töldirişlari mumkin.

Direktorlarning tarbiyaviy işlar böyiça örinbosarlari uçun «Ma’naviyatni boşqariş, Maktab» hamda «Ma’naviyat boşqaruvi», «Sinf rahbari uçun» davomat hisobotlari paydo böldi. Bu nazorat qiluvçi organlarga ma’lumotlarni uzatişni soddalaştiradi.