Islohotlar natijasida Özbekistonning mintaqadagi iqtisodiyoti eng yuqori diversifikatsiya qilingan mamlakat sifatidagi maqomi yanada mustahkamlangani qayd etildi.

Bir yilning özida 100 mingga yaqin yangi korxonalar taşkil qilindi, kiritilgan xorijiy sarmoyalarning yillik hajmi 10 milliard dollarga yetdi yoki islohotlar boşlangan 2017 yilga nisbatan 3 barobar oşdi, 1 millionga yaqin aholi kambağallikdan çiqarilib, kambağallik darajasi 17 foizdan 14 foizga tuşirildi. Islohotlar boşlangan davrda bu körsatkiç 30 foizdan yuqori edi.

"Albatta, bu yutuqlarda siz, hurmatli hamkorlarimizning örni beqiyos. Oxirgi yillarda sizlarning kömagingiz bilan mamlakatimizda minglab zamonaviy korxonalar taşkil qilindi, yirik loyihalar amalga oşirildi, yuz minglab yuqori daromadli yangi iş örinlari yaratildi", - dedi prezident.

Davlat rahbari ana şunday yutuqlarga munosib hissa qöşayotgan barça xorijiy va mahalliy investorlarga, hamkor davlatlar hukumatlariga, xalqaro moliya institutlariga çuqur minnatdorlik hamda yuksak hurmat va ehtiromini bildirdi.